Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangiqo‘rg‘on DXMning Nanay shoxobchasi ish boshladi

Yangiqo‘rg‘on DXMning Nanay shoxobchasi ish boshladi

Yangiqo‘rg‘on tumani, Nanay qishlog‘i viloyat markazidan 70, tumandan esa 45 kilometr uzoqlikda joylashagan xudud shu sababdan ham davlat xizmatlari agentligi faoliyat boshlaganiga bir yil bo‘lmay turib, shu yerlik fuqarolarga yengillik yaratish, ularning vaqtini va ortiqcha sarf harajatlarini kamaytirish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tuman davlat xizmatlari markazining Nanay shoxobchasi faoliyat boshlagan edi.

Mazkur inshoot ko‘plab fuqarolarni tadbirkor sifatida ish boshlashiga ko‘maklashgan bo‘lsa, yana bir necha nafar ishsizlarni ishga joylashishiga ko‘makdosh bo‘ldi. 

Karantin sabab, bir oydan oshiqroq muddat davomida shoxobchaga borib xizmat ko‘rsatilmadi.

Pandemiya qoidalariga rioya qilgan xolda uzoq kutilgan manzil tomon yo‘lga otlandilar.

Shaxobcha va yana ikki mahalla fuqarolar yig‘inida 40 nafarga yaqin xamyurtlarimizning yo‘llarini yaqin qilishga ko‘maklashdilar. Bulardan biri, Nuroniy otaxon Axmadjon Mamatkarimovdir. Otaxonning kadastr pasporti shakillantirishga qilgan murojaatlari tez fursatlarda o‘z yechimini topdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring