Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi charter reysi ochildi: Toshkent-Istanbul-Toshkent

Yangi charter reysi ochildi: Toshkent-Istanbul-Toshkent

Charter reysi shu yilning 23-oktyabrdan boshlab har haftaning chorshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qulay A320, B757, B767 samolyotlari shaharning Osiyo qismida joylashgan, Sabiha Gyokchen nomli xalqaro aeroportiga qo‘nadi. Yo‘lovchilar uchun reysni shahar markaziga va orqaga aeroportga o‘tkazish, shuningdek yo‘lovchilar talabiga binoan belgilangan normadan yuqori bo‘lgan yuklarni bepul olib ketish ta’minlanadi.

Toshkentdan Tamchiga charter reysining tashkilotchisi «Asialuxe Travel» MChJ hisoblanib, ular 2019 yil yoz mavsumida Toshkent – Tamchi – Toshkent yo‘nalishida 11 ta charter reysini muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

«Asialuxe Travel» direktorining so‘zlariga ko‘ra, charter reyslarining joriy etilishi Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro sayyohlik oqimini oshiradi, shuningdek, mashhur yo‘nalishdagi aviachiptalar tanqisligini bartaraf etadi.

Bundan tashqari, kompaniya Turkiyada eng mashhur mehmonxonalar bilan arzon narxlarda sayohat paketlarini tashkil qilishni taklif qiladi.

Kelgusida parvozlar sonini haftasiga ikki martagacha oshirish rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring