Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaltada 10 nafar o‘zbekistonlik zaharlanish sabab kasalxonaga yotqizildi

Yaltada 10 nafar o‘zbekistonlik zaharlanish sabab kasalxonaga yotqizildi

Foto: «zn.ua»

Yaltada 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi tug‘ilgan kun bazmida zaharlanib, kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda shahar hokimi Aleksey Chelpanov ma’lum qilgan.

«Zori Rossii» sanatoriysiga yaqin joydagi qurilish ob’yektida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari tug‘ilgan kunni nishonlab, tez buziluvchi mahsulotlarni iste’mol qilishgan. 10 kishi jabrlangan. Bu maishiy holat bo‘lib, tizimli xarakterga ega emas»,- deya ta’kidlagan Yalta meri.

Aniqlik kiritilishicha, jabrlanganlar sanatoriy ishchilari emas. Sanatoriy boshqa qurilish ob’yektlarida ishlayotgan 600 nafar O‘zbekiston fuqarosiga xona ajratgan.

Ayni damda jabrlanganlar Yaltaning infeksion kasalxonasiga joylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring