Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring