Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlar va erkaklarga teng imkoniyatlarni kafolatlovchi qonun qabul qilindi

Xotin-qizlar va erkaklarga teng imkoniyatlarni kafolatlovchi qonun qabul qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi Qonun (O‘RQ–562-son, 02.09.2019-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qonunga ko‘ra, xotin-qizlar va erkaklarga davlat tomonidan teng huquq va imkoniyatlar kafolatlanadi, ularni jinsi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Bunda:

  • bola tug‘ish va ko‘krak suti bilan oziqlantirish;
  • muddatli harbiy xizmatga faqat erkaklarni chaqirish;
  • ushbu Qonun asosida gender siyosati amalga oshirilishida vaqtinchalik maxsus choralar ko‘rish;
  • qamoqda saqlash, jazoni ijro etish joylarida saqlash tartibida farqlarni belgilash kabilar jinsi bo‘yicha kamsitish hisoblanmaydi.

Endilikda qonun hujjatlaridagi jins bo‘yicha kamsitilishiga yo‘l qo‘yadigan normalarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida ushbu hujjatlar va ular loyihalarining gender-huquqiy ekspertizasi o‘tkaziladi.

Davlat xizmatida gender tenglikni ta’minlash uchun bir jinsdagi xodimlar uchun lavozimlar vaqtinchalik kvotalanishi mumkin. Bunda kvotalash xotin-qizlar va erkaklar vakilligining mutanosibligiga erishilganda bekor qilinishi mumkin.

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi yagona davlat siyosati Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Qonunga ko‘ra agar shaxs o‘zini jinsi bo‘yicha kamsitishga duchor etilgan deb hisoblasa sudga murojaat qilish huquqiga ega. Bunda jinsi bo‘yicha kamsitishga duchor etilgan shaxsdan davlat boji undirilmaydi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring