Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazirlar Mahkamasi kotibiyatida tayinlovlar amalga oshirildi

Vazirlar Mahkamasi kotibiyatida tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: «Xabar.uz»

Hukumat qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining bir qator rahbar kadrlari lavozimlarga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xususan, Furqat Jalolovich Raximov mazkur kotibiyat mudiri sifatida ish boshlaydigan bo‘ldi. Shavkat Radjabaliyevich Nabiyev hamda Jasurbek Shavkatovich Avezovlar esa ushbu kotibiyat mudiri o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Bundan tashqari, Lutfiddin Nasrullayevich Xodjayev yuqorida nomi keltirilgan kotibiyatning Xalqaro hamkorlik masalalari sho‘basiga mudirlik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring