Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir kotibiyatida yangi tayinlov amalga oshirildi

Bosh vazir kotibiyatida yangi tayinlov amalga oshirildi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Fayzullajon Sa’dullayevich Qosimov Bosh vazir kotibiyati «Mahalla yettiligi», yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamentining rahbari etib tayinlandi.

Fayzullajon Qosimov Farg‘ona viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 

F. Qosimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan. Farg‘ona viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar to‘lanishini monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kabi vazifalarda ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring