Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Vatanparvarlar» bog‘ida Ikkinchi jahon urushi manzaralari sahnalashtirildi (foto)

«Vatanparvarlar» bog‘ida Ikkinchi jahon urushi manzaralari sahnalashtirildi (foto)

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

«Sevimli» telekanali orqali efirga uzatiladigan Farhod Abdullayev bilan «Eslab» ko‘rsatuvining ijodkorlari Qarshi «Vatanparvarlar» bog‘iga tashrif buyurdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, bog‘ hududida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan teleko‘rsatuvning bayram sonini suratga olish ishlari amalga oshirildi.  Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining 150 nafarga yaqin harbiy xizmatchilari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari obrazini gavdalantirdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ushbu sahna ko‘rinishi bayram arafasi telekanal orqali efirga ketadigan ko‘rsatuvning asosiy qismi bo‘lishi kutilmoqda.

Bundan tashqari tasvirga olish jarayonlarida Madaniyat vazirligining hududiy bo‘linmalari, Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda okrug qo‘mondonligi vakillari ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring