Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uzumchilikni rivojlantirish va meva-sabzavotlarni innovatsion quritish borasida ilmiy amaliy seminar tashkil etildi

Uzumchilikni rivojlantirish va meva-sabzavotlarni innovatsion quritish borasida ilmiy amaliy seminar tashkil etildi

Foto: nnovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Toshkent davlat agrar universetiti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Navoiy viloyati va Xatirchi tumani hokimliklari tomonidan 2018-yil 23-mart kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanida «Uzumchilik sohasini rivojlantirish  va meva va sabzavotlarni innovatsion quritish mini-texnologiyasi» mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Seminarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 2-mart kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida Xatirchi tumanida o‘tkazilgan majlis bayonida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Xatirchi tumanini uzumchilikka ixtisoslashgan namunaviy tumanga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari va tegishli mutaxassislarni uzumchilik sohasida ilg‘or agrotexnik tadbirlar bo‘yicha kasbiy mahoratlarini muntazam oshirib borish belgilandi.

Ilmiy-amaliy seminarning maqsadi fermer xo‘jaliklari va soha mutaxassislarini uzumchilikning amaldagi me’yoriy-huquqiy asoslar hamda uzumchilikdagi ilg‘or agrotexnologiyalarni chuqur o‘zlashtirish asosida kasbiy mahoratlarini oshirish hamda ularning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish shuningdek, amaliy malakalarini yanada oshirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ilmiy-amaliy seminarda Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassislari, Toshkent davlat agrar universiteti olimlari tomonidan zamonaviy, ilg‘or uzumchilikni tashkil etish, agrotexnologiyalarni qo‘llash, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash bo‘yicha ma’ruzalari bilan chiqish qiladilar. Seminarda qatnashgan mutaxassis olimlarning ma’ruzalari uzumchilik va meva-sabzavot yetishtirish va saqlash bo‘yicha fermerlar tajribasini yanada oshirib, joriy yil uchun dexqonlarimiz oldida qo‘yilgan vazifalarni bajarishda amaliy yordam beradi. Bu esa xalqimizning yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini nes-nobud qilmasdan saqlash, mevalarga xususan uzumga bo‘lgan ta’labini to‘la-to‘kis qondirish, shunindek eksport qilish salohiyatini oshirishga olib keladi.

Seminar doirasida ko‘rilgan masalalar, bevosita uzumchilik sohasiga doir ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanishga, yangiliklar va innovatsiyalarni joriy etishga, bu sohada kadrlar kasbiy malaka sifatini oshirishga qaratildi. Shuningdek fermer xo‘jaliklari rahbarlari va soha xodimlarini uzumchilikka ixtisoslashtirilgan zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalanish hamda, ilmiy-tadqiqot faoliyatini muntazam rivojlantirib borish, uzumchilikda agrotexnologik jarayonlarini tizimli tashkil etish va ularni samarali boshqarishni o‘z ichiga oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring