Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi «G‘alaba bog‘i» konsepsiyasi taqdim etildi (foto)

Toshkentdagi «G‘alaba bog‘i» konsepsiyasi taqdim etildi (foto)

http://mudofaa.uz/21006/

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 25-iyun kuni Olmazor tumanidagi general Sobir Rahimov haykali o‘rnatilgan xiyobonda bo‘lib, «G‘alaba bog‘i» qurilishi bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Ushbu topshiriq asosida bog‘ konsepsiyasi ishlab chiqilgan.

Ushbu bog‘ hududida «Shon-sharaf» muzeyi ham bunyod etilmoqda. U yerdan Ikkinchi jahon urushida jasorat ko‘rsatgan o‘zbekistonliklar haqidagi ma’lumotlar (video, gazeta, suratlar va h.k) o‘rin oladi.

– «G‘alaba bog‘i» konsepsiyasini yaratish vaqtida bir qator xorij davlatlarining shu turdagi bog‘lari, skver va kompekslarining loyihalari o‘rganib chiqildi. Ishonchimiz komilki, bog‘ nafaqat hamyurtlarimiz, balki turistlar uchun ham diqqatga sazovor maskanga aylanadi, – deydi Mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov.

Qurilish vazirligi xodimi Gulshoira Magametovaning ta’kidlashicha, bog‘ning turli burchaklari milliy an’analarimizga mos ayvonlar hamda interaktiv ma’lumotlar ulashuvchi zamonaviy elektron qurilmalar bilan jihozlanadi. Shuningdek, Ikkinchi jahon urushida g‘alabaga erishgan 35 davlatning bayroq, gerb va xaritalaridan iborat maxsus maydonchalar ham barpo etiladi.

Tarixiy muhitni yaratish maqsadida harbiy musiqalar jaranglab, urush davriga oid ma’lumotlar yangrab turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring