Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘alaba bog‘idagi mushakbozlikda pirotexnikaning bir bo‘lagi odamlar orasida chaqnadi

G‘alaba bog‘idagi mushakbozlikda pirotexnikaning bir bo‘lagi odamlar orasida chaqnadi

Toshkent shahrida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab otilgan mushakbozlik vaqtida biroz noxush hodisa sodir bo‘ldi.

Olmazor tumanining Ziyo va Shifonur ko‘chalari kesishmasi yaqinida otilgan pirotexnikaning to‘liq yonmay qolgan qismi yerga, odamlar orasiga tushib chaqnab ketdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, yonayotgan element yerga qulaganidan so‘ng, u o‘chirilgan. Jabrlanganlar va yong‘inlar yo‘q», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha bayram munosabati bilan Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida katta mushakbozlik uyushtirilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring