Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Yandeks.Mahalla» xizmati ishga tushirildi

Toshkentda «Yandeks.Mahalla» xizmati ishga tushirildi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun 15-noyabr kuni   Toshkent shahrida Rossiyaning «Yandeks» qidiruv sistemasi yo‘lga qo‘ygan yangi xizmatlar yuzasidan uyushtirilgan anjuman bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjuman doirasida O‘zbekiston poytaxtida «Yandeks.Mahalla» xizmatiga ham rasman start berildi.

Ushbu xizmat foydalanuvchilarga o‘zlari yashaydigan hududga tegishli muhim yangiliklar bilan tezkorlikda tanishtirib borish, turli ob’yektlar, qurilishlar jarayoni bilan tanishish, restoran, kafe, madaniy dam olish muassasalarini izlab topish imkonini beradi.

Xizmatning ishlashi uchun mas’ul mutaxassislardan birining fikricha, uning O‘zbekistonda ba’zi ommalashgan ijtimoiy tarmoq va messenjerlardan afzallik tomoni yashash joyi ko‘rsatilgach, xizmat avtomatik ravishda o‘sha hudud (tuman)ga oid yangiliklarni tez va oson yetkazib beradi, bunda qidiruv va turli botlar xizmatidan foydalanishga hojat qolmaydi.

Shuningdek, tuman hokimliklari «Yandeks.Mahalla»da o‘zlarining rasmiy hisob qaydnomalarini yuritadilar, poytaxt hokimiyati qoshidagi Jamoat maslahati organi foydalanuvchilarga javob berish uchun ularni kuzatib boradilar. Toshkent aholisining mahalliy muammolar haqida shahar hukumatiga murojaat qilishi va so‘rashi osonlashishi kutilmoqda.

Toshkent «Yandeks.Tuman» («Yandeks.Rayon») Rossiyadan tashqarida ishlashni boshlagan birinchi shaharga aylandi.

Xizmat Rossiyada 2016-yilda ishga tushgan va hozirda unda o‘ndan ortiq shahar aholisi foydalanmoqda: jumladan, Moskva, Sankt-Peterburg, Krasnodar va boshqalar. Xizmatning bir oylik auditoriyasi 3,5 million foydalanuvchidan ko‘proqdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring