Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda o‘qiydigan qashqadaryolik talabalar uchun muhim yangilik

Toshkentda o‘qiydigan qashqadaryolik talabalar uchun muhim yangilik

Foto: «Xabar.uz»

Ma’lumki, 16-martdan respublikamiz ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlar to‘xtatildi. Shu sababli, uyga qaytishda yo‘lkira narxining asossiz oshirib yuborilgani sababli ko‘plab talabalar qiynalib qolgani aniq. 

Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi poytaxtda qolgan qashqadaryolik talaba yoshlarni viloyatga qaytarish chorasi ko‘rilishini ma’lum qilgan. Bu ish mutlaqo bepul amalga oshiriladi.

Buning uchun talabalar 18-mart kuni soat 10:00 ga qadar Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasiga yetib kelishi so‘raladi. Shu joyning o‘zida Qashqadaryoga qaytish uchun transport vositalari qatnovi tashkil etiladi.

Avvalroq, Iste’molchilar federatsiyasi viloyatlarga qatnovchi taksichilarni insofga chaqirgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring