Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 10 ming AQSh dollarini yo‘qotib qo‘ygan ayolga puli qaytarildi

Toshkentda 10 ming AQSh dollarini yo‘qotib qo‘ygan ayolga puli qaytarildi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahridagi xonadonini sotgan ayol Chilonzor tumanidagi notariuslardan biri yonida 10 ming AQSh dollarini yo‘qotib qo‘ygan.

«Kun.uz»ning yozishicha, uy egasi D.Yo‘ldosheva oldi-sotdi shartnomasini tuzish oldidan, notarius binosidan tashqarida kelishilgan mablag‘ – 30 ming AQSh dollarini sanab oladi va ko‘ylagi ichiga yashirib qo‘yadi.

U xaridor bilan birgalikda notariusga kiradi va tomonlar shartnomani imzolashadi, shundan so‘ng ikki tomon ham o‘z yo‘lidan ketadi. Ammo D.Yo‘ldosheva notariusdan taxminan 100 metr uzoqlashganidan so‘ng, poytaxtning 103-umumta’lim maktabi yoniga yetganida pulidan xavotirlanib qayta olib tekshirib ko‘radi va 10 ming dollar kamligini anglab yetadi. O‘zi va ikki nafar qizi bilan birgalikda yon atrofni izlaydi, notarius binosiga, xonalar ichigacha qidirishadi. Notarius yordamchilari, ko‘ngillilar, oila a’zolari, umuman juda ko‘pchilik pulni qidirishga tushishadi. Ammo pul topilmaydi.

O‘rtahol, o‘zlari yashab turgan xonadonlarini sotgan oila uchun bu juda katta yo‘qotish bo‘lardi. Shunda «balki bolalar topib olgandir», degan fikrda maktabga kirib, direktordan surishtirishadi.

Ma’lum bo‘lishicha, maktab o‘quvchilaridan birining onasi yo‘lda tushib qolgan pulni topib olib, maktab direktoriga olib kirib bergan ekan.

Maktab direktorining aytishicha, pulni yo‘qotganlar suyunchi berish istagini bildirishgan, ammo insofli ona nafaqat suyunchi olmagan, balki shaxsini oshkor qilishlariga ham qarshi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring