Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent xalqaro aeroportida qimmatbaho olmoslarni olib kirayotganlar ushlandi

Toshkent xalqaro aeroportida qimmatbaho olmoslarni olib kirayotganlar ushlandi

Bojxonachilar Toshkent xalqaro aeroportida 1,8 mlrd so‘mlik olmoslarni olib kirishga uringan shaxslarni to‘xtatib qolishdi.

Yaqinda Toshkent xalqaro aeroportida Dehlidan uchib kelgan yo‘lovchining paltosi cho‘ntagidan 281 karat xajmdagi olmos qimmatbaho toshlari topilgan. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan fosh qilingan mazkur holatda yo‘lovchi bojxona nazoratiga taqdim etmagan olmoslarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 873 mln. so‘mdan oshmoqda.

Hindistondan uchib kelgan yana bir yo‘lovchining bagajini ko‘zdan kechirish davomida ushbu xorijiy fuqaro ham 57 dona turli o‘lchamdagi olmos toshlarini yashirincha olib kirishga uringani fosh bo‘ldi.

Bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan qimmatbaho toshlarning qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 942 mln. so‘mdan oshmoqda.

Eslatib o‘tamiz, respublikamiz bojxonachilari 2023 yilda aniqlangan 394 ta bojxona qonunbuzilishi holatlarida 32,4 mlrd. so‘mlik 163 kg zargarlik buyumlari, shu jumladan qimmatbaho toshlarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishining oldini olishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring