Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent xalqaro aeroporti nazoratchisi ushlandi — DXX

Toshkent xalqaro aeroporti nazoratchisi ushlandi — DXX

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent xalqaro aeroportining Aviatsiya xavfsizlik xizmati qo‘riqlash nazoratchilar bo‘linmasi nazoratchisi A.B. xizmat mavqeidan foydalangan holda o‘zganing ishonchiga kirib, uning pul mablag‘ini noqonuniy tarzda o‘zlashtirishni reja qiladi.

Dastlab u ijtimoiy tarmoq orqali jabrlanuvchi bilan tanishadi va uning qarindoshini Toshkent xalqaro aeroportining Aviatsiya xavfsizlik xizmati qo‘riqlash nazoratchilar bo‘linmasiga nazoratchi sifatida ishga kiritib qo‘yish evaziga 2 ming AQSh dollari talab qiladi. Lekin, jabrlanuvchi 1800 AQSh dollari berishini ma’lum qiladi.

2023 yilning 6 dekabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, A.B. 1800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan A.B. ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan esa A.B. ga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring