Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga direktor tayinlandi

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga direktor tayinlandi

O‘zbekiston prezidentining «Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi tashkil etildi. Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan tibbiyot fanlari nomzodi Dildora Rustamova ta’lim, amaliyot va ilm-fan integratsiyasini ta’minlashga ixtisoslashgan  ushbu yangi Ko‘p tarmoqli klinika  direktori etib tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Dildora Rustamova 1992 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida va 2009 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan. Shu vaqtgacha u Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi bosh shifokori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring