Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent tibbiyot akademiyasi negizida universitet tashkil etiladi

Toshkent tibbiyot akademiyasi negizida universitet tashkil etiladi

Prezidentning Toshkent tibbiyot akademiyasini Toshkent davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etishga doir qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, Universitet Toshkent tibbiyot akademiyasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Shuningdek:

  • Universitet tibbiyot sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan talabalar Universitetda mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida o‘qishini davom ettiradi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda davlat namunasidagi Universitet diplomi beriladi;
  • Universitet klinikasi, akademik litseyi, Eksperimental tibbiyot ilmiy-tekshirish institutining muassisi Universitet hisoblanadi va ularning faoliyati Universitet tomonidan muvofiqlashtiriladi;
  • Universitet tarkibiy tuzilmalari davlat muassasalari hisoblanadi va shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
  • Universitetning tarkibiy tuzilmalari rahbarlari Universitet Kengashining taqdimnomasiga ko‘ra sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Qayd etilishicha, Toshkent tibbiyot akademiyasining Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriya negizida Eksperimental tibbiyot ilmiy-tekshirish instituti tashkil etiladi.

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi esa Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikasi etib qayta tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2005-yilga qadar Toshkent tibbiyot instituti nomi bilan yuritilgan mazkur o‘quv dargohi 2005-yil 19-iyuldagi PF-3629-son qaror bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi etib qayta tashkil etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring