Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Taraqqiyot» tanlovi talabgorlarini ro‘yxatga olish bosqichi boshlandi

«Taraqqiyot» tanlovi talabgorlarini ro‘yxatga olish bosqichi boshlandi

Foto: taraqqiyot-tanlov.uz

Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamkorligida uch yilda bir marta bo‘ladigan istiqbolli boshqaruv kadrlarini saralash bo‘yicha «Taraqqiyot» tanlovi talabgorlarini ro‘yxatga olish bosqichi boshlandi.

Tanlovning maqsadi — davlat, xo‘jalik va mahalliy ijro boshqaruvi organlaridagi yuqori malakali kadrlarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish hamda yanada qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

Tanlovda tayanch oliy ma’lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yillik ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan (45 yosh ham qo‘shilgan holda) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda talabgorlarga 16 ta nominatsiya bo‘yicha o‘z sohasidan kelib chiqib ishtirok etishga ruxsat etilgan. Nominatsiyalar bilan taraqqiyot-tanlov.uz  saytida tanishing.

Tanlov g‘oliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga esa eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti to‘lanadi.

Shuningdek, tanlov g‘oliblari rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida amaliyot o‘tashni o‘z ichiga oladigan «Boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha Prezident dasturi»ga muvofiq uch oylik kurslarda o‘qiydi va uni o‘tagandan so‘ng tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun https://taraqqiyot-tanlov.uz internet portaliga kirib, ro‘yxatdan o‘ting! Buning uchun talabgor, albatta, ONE.ID.UZ portalida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi shart. Eslatib o‘tamiz, tadlabgorlar joriy yilning 1-oktyabridan 30-oktyabriga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring