Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Suv toshqini bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan hududlarda joylashgan oromgohlar soni ma’lum qilindi

Suv toshqini bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan hududlarda joylashgan oromgohlar soni ma’lum qilindi

Ayni vaqtda suv toshqini bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan hududlarda joylashgan 24 ta oromgoh mavjud. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Davron Qambarov ma’lum qildi.

Aytilishicha, hozirgi kunda respublikada 1 ming 154 ta oromgoh faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 200 tasi statsionar ya’ni tabiat bag‘rida, tog‘oldi yoki tog‘ ichida joylashgan bo‘lsa, 954 ta oromgoh maktablar qoshida tashkil etilgan.

«Har bitta oromgohda xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishida tashkilot vakillari, mutaxassislari bilan parallel ravishda turli kor-xol yuz berganda yoki favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda bolalarni tezkorlik bilan xavfsiz joylarga chiqarish, evakuatsiya qilish yo‘llari ko‘rib chiqilmoqda. Bundan tashqari, ovozli ogohlantirish tizimlari ko‘rikdan o‘tkazilmoqda, yo‘qlariga esa o‘rnatilmoqda», — dedi Davron Qambarov.

Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, o‘rganishlar natijasida suv toshqini bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan hududda joylashgan oromgohlar ham aniqlangan.

«Uzgidromet va shu kabi tashkilotlar tomonidan bizga berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 24 ta oromgoh suv toshqini sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududlarda joylashgan. Hozirgi kunda ularning sonini qisqartirish maqsadida ishlar amalga oshirilmoqda. Ya’ni farzandlarimizga xavf tug‘dirmasligi uchun sel yo‘llari to‘silmoqda. Bunda muhandislik ishlarini amalga oshirish — tuproq to‘kish, betonlash kabi ishlari bajarilmoqda», — dedi FVV mas’ul xodimi.

Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu oromgohlarda faoliyat yuritadigan ya’ni uch oy davomida bolalarga ma’sul bo‘lgan tarbiyachilarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, turli ko‘ngilsiz holatlarda qanday harakatlanish yuzasidan tushunchalar berib kelinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring