Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Ishchi-xodimlarning 10 mingga yaqin farzandlari bolalar oromgohlarda dam olishadi

«O‘zbekneftgaz»: Ishchi-xodimlarning 10 mingga yaqin farzandlari bolalar oromgohlarda dam olishadi

Barcha fasl o‘z husni tarovati, bir-birini takrorlamasligi bilan go‘zaldir. Bolalikning sehrli olamida yashayotgan, hayot tashvishlaridan uzoqda, o‘zlarining mo‘’jizakor dunyolarida bolalik gashtini surayotgan samimiy va quvnoq bolajonlar uchun  yoz faslining gashti o‘zgacha. Yozgi ta’til davomida bolalarning yangicha bilim va ko‘nikmalarini egallashlari, yangi do‘stlar orttirishlari, maroqli dam olishlarini tashkillashtirish maqsadida  «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi va O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi ijroiya qo‘mitasining 2022-yil 12-apreldagi ««O‘zbekneftgaz» AJ tizimidagi boshqarma va korxonalar tasarrufidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini 2022-yil yozgi mavsumga tayyorlash, dam oldirish va mavsumni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida»gi  qo‘shma qaroriga asosan jamiyat tasarrufidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida yozgi mavsum davomida bolalarni salomatliklarini mustahkamlashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini muntazam o‘tkazilishi hamda bolalarni maroqli dam olishlarini tashkil etilishi belgilangan.

Joriy yil yozgi mavsum davomida jamiyat tassarrufidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida 10 mingga yaqin bolalarni dam olishlari rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda birinchi smenaga 2245 nafar bola qabul qilindi.

Jumladan,

  • Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Yosh alangachi» nomli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga 503 nafar,
  • Muborak gazni qayta ishlash zavodiga qarashli «Nihol» nomli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga 401 nafar,
  • Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Beruniy» nomli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga 226 nafar,
  • Sho‘rtan gaz kimyo majmuasiga qarashli «Lochin» nomli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga 902 nafar,
  • Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga qarashli «Neftchi» nomli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga 213 nafar bola qabul qilingan.

Shu bilan birga joriy yilning 14-iyun kunidan «O‘zbekneftgaz» AJ markaziy apparati va Ustyurtgaz qazib chiqarish boshqarmasi xodimlarining 260 nafar farzandlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga qarashli «Quyoshli» nomli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida dam olishlari rejalashtirilgan.

Barcha oromgohlarda sanitariya-gigiyena  hamda xavfsizlik talablariga to‘liq javob berishi  va qulay sharoitda bolalarning belgilangan kundalik hayot tarziga rioya etishi, sifatli ovqatlanishi, ijodiy salohiyatini rivojlanishi, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllanishi, maroqli dam olishi, salomatliklarini tiklashi va mustahkamlashi, jismoniy tarbiya, sport va turizm bilan shug‘ullanishlari uchun to‘liq sharoitlar yaratilgan.

Oromgohlarga sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni uzluksiz yetkazib berish, malakali kadrlarni jalb etish va dam olish maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlarini, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini imtiyozli ravishda dam oldirib, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda.

Bundan tashqari oromgohlarning tinchlik va osoyishtaligini, havfsizligini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya, Yong‘in havfsizligi boshqarmalari, Favqulotda vaziyatlar boshqarmalari, Tibbiyot  xodimlaridan malakali mutaxassislari xizmat ko‘rsatmoqdalar.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring