Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Tadbirkorlik nizolarini sudgacha hal qilish kerak»

Shavkat Mirziyoyev: «Tadbirkorlik nizolarini sudgacha hal qilish kerak»

23-iyulda o‘tgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev sud tizimining kichik biznes sub’yektlari murojaatlariga yondashuvi haqida gapirib, nizolarni sudgacha hal qilish kerakligini aytgan.

– Faqat katta korxonalar qurib, aholi bandligini va daromadini oshirish, budjet tushumlarini ko‘paytirish masalalarini to‘liq hal eta olmaymiz. Turmush darajasini oshirishning eng muhim yo‘li tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishdir, – degan Shavkat Mirziyoyev.

Xorijiy tajribada 70 foiz nizolar sudgacha hal etiladi. Chunki ishlarni sudda ko‘rib chiqish katta xarajat va ko‘p vaqt talab etuvchi jarayon hisoblanadi.

Shu maqsadda Prezident tadbirkorlar bilan bevosita ishlaydigan davlat idoralarida nizolarni sudgacha hal etish tuzilmalari tashkil etilishi kerakligini aytgan.

Shuningdek, davlat rahbari Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizimida Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish agentligini tashkil etish taklif qilgan. Agentlik ko‘rsatilgan sohani yuksaltirish bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘ladi. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini ham muvofiqlashtirib boradi.

Izohlar 3

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring