Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Jasliqdagi koloniyani tugatishni buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Jasliqdagi koloniyani tugatishni buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 2-avgust kuni «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan Jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to‘g‘risida»gi qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish belgilandi. Bu haqda IIV Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. 

«Mazkur tarixiy qaror ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarda qonunga itoatkor xulq-atvorni, shaxs va jamiyatga hurmat munosabatini shakllantirishga yo‘natirilgan axloqan tuzatish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq davlatimizning xalqaro arenalarda ijobiy mavqeini ilgari surish maqsadida qabul qilinganligi qayd etilgan» deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring