Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Bilingki, Prezident sizlarni doim qo‘llab-quvvatlaydi»

Shavkat Mirziyoyev: «Bilingki, Prezident sizlarni doim qo‘llab-quvvatlaydi»

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Sharq taronalari» xalqaro festivalini yoritish uchun kelgan mahalliy va xorijiy blogerlar bilan suhbatlashdi.

– Keyingi yillarda O‘zbekiston dunyoga ochilmoqda va xalqaro hamjamiyatga haqiqatni yetkazishga intilish bor. Eng muhimi, muhokama qilish, tanqid qilish mumkin, – dedi davlatimiz rahbari.

Mamlakatimizdagi islohotlarni, madaniyatimiz, tarixiy obidalarimizni butun dunyoga tarannum etishda blogerlarning o‘rni katta ekanini ta’kidladi.

– Sizlarni jonajon O‘zbekistonimizda, qadimiy sivilizatsiya markazi Samarqandda ko‘rib turganimdan juda xursandman. Bugun biz O‘zbekistonning yangi tarixini yaratyapmiz. Maqsadimiz – xalqimizga xizmat qilish, odamlarni rozi qilish va kelajakka ishonch bilan qarashini ta’minlash. Bunga sizlar ham hissa qo‘shasizlar deb ishonaman, – dedi Prezident.

– Orangizda o‘zimizning qorako‘zlarimizni ko‘rib turibman. Bu menga iftixor bag‘ishlaydi. Bilingki, Prezident sizlarni doim qo‘llab-quvvatlaydi, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Muloqot so‘ngida Prezident blogerlar bilan suratga tushdi, ularning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring