Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida saylovlarga tayyorgarlik ko‘rishda soliq sektori ko‘maklashmoqda

Toshkent viloyatida saylovlarga tayyorgarlik ko‘rishda soliq sektori ko‘maklashmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga bo‘ladigan saylovlarning ochiqlik, oshkoralik, shaffoflik hamda demokratik prinsiplar asosida o‘tishini ta’minlash va saylovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida soliq organlari xodimlari ham jonbozlik ko‘rsatmoqdalar.

Xususan, Ohangaron shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Turdiboyev tomonidan 4-sektor hududiga qarashli saylov uchastkalarida bo‘lib o‘tadigan saylovlarni samarali tashkil etish uchun aholiga qulay sharoitlar yaratildi, shinam va issiq xonalar tayyorlandi.

Saylovchilar bidan o‘tkazilayotgan saylovoldi uchrashuvlar va targ‘ibot tadbirlarini samarali tashkil etilishi nazoratga olindi.

Ta’kidlash kerakki, Ohangaron shahar 4-sektor hududining ma’muriy-hududiy tuzilishi hamda aholi soni va boshqa omillardan kelib chiqqan holda xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 5 ta saylov okrugi tuzilgan.

- Ayni paytda 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga qizg‘in hozirlik ko‘ryapmiz, – deydi, Ohangaron shahar DSI boshlig‘i Anvar Turdiboyev. - Saylov jarayonlarining yuksak saviyada va amaldagi qonunchilik asosida o‘tishini ta’minlash uchun Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan ham muhim topshiriqlar berilmoqda. Olib borilayotgan ishlarimizning barchasi saylovni uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun mustahkam asos yaratishiga ishonaman.

Muxtasar aytganda, saylovlar demokratik huquqiy davlatning ajralmas belgisi, xalqimizning o‘z xohish-irodasini bildirishi, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtirokining asosiy shaklidir. Bu jarayonga munosib xissa qo‘shish, har bir insonning fuqarolik pozitsiyasidir.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring