Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sariq»  va «yashil» hududlar o‘rtasidagi poyezd qatnovi vaqtlari ma’lum qilindi

«Sariq»  va «yashil» hududlar o‘rtasidagi poyezd qatnovi vaqtlari ma’lum qilindi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 15-iyundan boshlab «sariq»  va «yashil» toifalarga ajratilgan hududlar o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etgan holda 7 ta yo‘nalishda poyezdlar qatnovini qayta tiklashga ruxsat berildi.

Shunga asosan «O‘ztemiryo‘yo‘lovchi»  aksiyadorlik jamiyati ruxsat berilgan yo‘nalishlar bo‘yicha bosqichma-bosqich poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishni boshladi.

Harakat jadvaliga ko‘ra bugundan;

Toshkent - Termez - Toshkent yo‘nalishidagi 80/79-raqamli yo‘lovchi poyezdlari soat 19:30 da Toshkent janubiy hamda soat 18:57 da Termez vokzallaridan;

Toshkent- Nukus-Toshkent yo‘nalishidagi 54/53-raqamli yo‘lovchi poyezdlari soat 14:16 da Toshkent janubiy hamda soat 16:12 da Nukus vokzallaridan;

Toshkent - Xiva - Toshkent yo‘nalishidagi 56/55-raqamli yo‘lovchi poyezdlari esa soat 21:00 da Toshkent janubiy hamda soat 16:05 da Xiva vokzallaridan har kuni harakatini amalga oshiradi.

Shuningdek, Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya etgan holda «Afrosiyob» poyezdlarining qatnovlari ham yo‘lga qo‘yildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, hozirgacha harakati qayta tiklangan poyezdlarga chiqishda, yo‘lovchilar orasida, o‘rnatilgan tartib qoidalarga, vokzallar hamda sanitariya-epidemiologiya markazi xodimlarining talablariga bo‘ysunmaslik holatlari ham uchrab turibdi. Shu bois, fursatdan foydalanib, barcha yo‘lovchilarimizdan sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz. Agar o‘zimizni himoya qilib, gigiyena qoidalariga rioya qilib, pandemiyaga qarshi birgalikda kurashsak, poyezdlarimiz qatnovi, xizmat ko‘rsatish hech qachon to‘xtamaydi. Bu esa o‘z vaqtida uzog‘imizni yaqin qilishga, manzilimizga xavfsiz yetib borishga imkon yaratadi.

Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, yoki joylardagi temir yo‘l kassalaridan hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring