Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Salimboy»ga nisbatan hukm o‘qilgani aytilmoqda

«Salimboy»ga nisbatan hukm o‘qilgani aytilmoqda

OAVda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Salim Abduvaliyev 6 yilga qamalgan. 

Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-bandi bilan aybdor deb topilgan.

«Salimboy»ga sud hukmi bilan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Hozircha rasmiy tashkilotlar mazkur sud hukmi yuzasidan rasmiy axborot berganicha yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksi 248-modda 1-qismida (o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash) nazarda tutilgan qilmishni sodir etishda gumonlanib, ushlangandi.

Tergov organlari mazkur ayblovni yana-da og‘irrog‘iga, ya’ni JK 248-moddasi 2-qismiga (o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilishi) o‘zgartirgan. Mazkur moddada 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring