Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rishton tumaniga yangi rahbar tayinlandi

Rishton tumaniga yangi rahbar tayinlandi

Bahodir Xoliqov Rishton tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Xalq deputatlari Rishton tuman kengashining viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokida bugun, 11-avgust kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rilgan. 

Shu paytgacha Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Xoliqov Bahodir Rahmatullayevichni Rishton tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarori Xalq deputatlari Rishton tuman kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Avvalroq Habib Sirojitdinov Farg‘ona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring