Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qulagan daraxtlar kechasi. Noqulay ob-havo qanday zararlar yetkazdi? (foto)

Qulagan daraxtlar kechasi. Noqulay ob-havo qanday zararlar yetkazdi? (foto)

Gidrometerologiya markazining 2020 yil 6 apreldagi maxsus ogohlantirish xatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida 7-9 aprel kunlari kuchli yog‘ingarchilik yog‘ishi (ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi), havo haroratining 0-5 gradusgacha keskin tushib ketishi, kuchli shamol bo‘lishi va shamolning tezligi 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi to‘g‘risida xabar qilingan edi.

Buning natijasida 8 apreldan 9 aprel kuniga o‘tar kechasi kuchli qor yog‘ishi oqibatida ko‘plab daraxtlarning sinishiga, elektr tarmoqlarida uzilishlar va gaz quvurlarining shikastlanishiga sabab bo‘ldi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, jami 44 ta elektr tarmoqlarida uzilish kuzatildi, 31 ta holat ertalab soat 10:00 ga qadar bartaraf etilib, hozirda 13 ta elektr tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Bular:

— Olmazor tumani, Qoraqamish 2/3 va 1/3 mavzelarida;

— Yunusobod tumani, «Islomobod» va «Hasanboy» mahallalari, 14-mavze, Markaz-4 mavzelarida;

Mirzo Ulug‘bek tumani Ulug‘bek mahallasida;

Uchtepa tumani «Ko‘ksaroy» mahallasida;

Chilonzor tumani, «Beshqo‘rg‘on» mahallasi va Chilonzor kichik sanoat hududida;

Shayxontohur tumani, «Samarqand darvoza», Suzuk ota va «Gulobod» mahallarida;

Jami 20 ta gaz tarmoqlarining uzilishi kuzatilib, 7 ta holat ertalab soat 10:00 ga qadar bartaraf etilib, hozirda 13 ta manzillarda gaz quvurlarini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ular:

Chilonzor tumani 9-mavzedagi 61-uy, 3-mavzedagi 78-uy, 6-mavzedagi 52-uy, 5-mavzedagi 11-uy, 6-mavzedagi 67-uylarda;

Mirobod tumani, Fayzobod ko‘chasi 42-uyda;

Olmazor tumani, Chuqursoy ko‘chasi 2,17 va 18-uylarda;

Yunusobod tumani, Niyozbek yo‘li ko‘chasi 17-uyda;

Uchtepa tumani, 11-mavze 17-uy, Zargarlik korxonasi,

Yashnobod tumani, Aviasozlar 4-uy va Birlashgan ko‘chasi 10-uyda;

Elektr va gaz tarmog‘idagi uzilishlar sababli shahardagi 7 ta lokal qozonxonalar (Mirzo Ulug‘bek tumani - 5 ta, Shayxotohur – 2 ta) faoliyati to‘xtatilgan.

Ularga ulangan 148 ta ko‘p qavatli uylarga issiqlik ta’minotini yetkazishning vaqtincha imkoniyati yuq.

«Hurmatli hamshaharlar!

Hozirda ushbu holatlarni bartaraf etish yuzasidan barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda. Avariyalarni tezkorlik bilan bartaraf etishga barcha kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarining tegishli kuch va vositalari jalb qilingan.

Kun yakuniga, ya’ni soat 18.00 ga qadar aniqlangan uzilish holatlari to‘lik bartaraf etiladi», — deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring