Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istondagi «chigirtkalar bosqini» O‘zbekistonga ham xavf soladimi?

Qozog‘istondagi «chigirtkalar bosqini» O‘zbekistonga ham xavf soladimi?

Qozog‘istonning qator viloyatlarida zararli chigirtkaning «Italiya prusi» turi bosqini yuz bergandi. 

AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova uning O‘zbekistonga ham ta’siri bor-yo‘qligi yuzasidan ma’lumot berdi.

Bugungi kunga qadar Kostanay viloyatining 260 ming gektar hududida (rejalashtirilgan maydonning 70 foizi) zararli chigirtkalarga qarshi ishlov berilib, vaziyat nazoratga olingan.

Ma’lumot uchun, Kostanay viloyati O‘zbekistondan 2 000 – 2 200 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, bugungi kunda yuqorida qayd etib o‘tilgan zararli chigirtkalar to‘dasi respublikamiz hududiga kirib kelish ehtimoli kam.

Shuningdek, Qozog‘istonning Turkiston viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan Toshkent viloyatida zararli chigirtkaga qarshi kurash choralari olib borildi. 2023 yil mavsumida chegara hududida 15,6 ming gektar maydonda ishlov berish tadbirlari yakunlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring