Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qichimagan joyni qashish»: konstitutsiyaviy yig‘ilishda muhim masala ko‘tarildi

«Qichimagan joyni qashish»: konstitutsiyaviy yig‘ilishda muhim masala ko‘tarildi

Konstitutsiyaviy yig‘ilishning navbatdagi yig‘ilishida bosh qomusda ayol va erkakning ahamiyati, oilaning muhimligi haqidagi masala ko‘tarilgan.

Komissiya raisi Akmal Saidovning fikricha, qonunlardagi, jumladan, Oila kodeksidagi «erkak va ayol» iborasini «ayol va erkak» deb o‘zgartirish, Konstitutsiyada ham shunday joriy etish kerak.

Ushbu fikrni «Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov ham qo‘llagan:

«Juda to‘g‘ri, biz partiyamiz bilan to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Ayniqsa, konstitutsiyada «tomonlarning» degan so‘z aniqroq ifodalash kerak. Chunki G‘arbda ayni paytda bir jinsli oilalar ko‘payib ketgan va ular ham o‘z konstitutsiyalarida buni belgilab qo‘yishgan. Biz esa o‘z milliy qadriyatlarimizga sodiq qolib, ayol va erkak deb aniq yozishimiz kerak, deb hisoblaymiz».

Senatning qashqadaryolik a’zosi Abdurahim Erkayev esa keskin e’tiroz bildirib chiqqan:

«Erkak va ayol masalasini eskicha qoldirarmiz balki. Qichimagan joyni qashib nima qilamiz? Hozir ham besoqolbozlik haligi nimadan (qonunlarni nazarda tutgan — tahririyat) chiqib ketmagani uchun qancha ta’na eshityapmiz. Shuni o‘ylab ko‘rish kerak».

Yakunda bu taklif bir ovozdan ma’qullangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring