Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatarda ayollarga armiyada xizmat qilishga ruxsat etildi

Qatarda ayollarga armiyada xizmat qilishga ruxsat etildi

Foto: «Qf.org.qa»

6-aprel kuni Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy erkaklar uchun majburiy harbiy xizmat muddatini 3 oydan 1 yilga uzaytirish haqidagi qonunni imzoladi. Ushbu qonunga ko‘ra ayollar ixtiyoriy ravishda armiya safida xizmat qilishlari mumkin bo‘ladi, deya xabar bermoqda Qatarning «QNA» agentligiga asoslanib «RIA Novosti».

Yangi qonunga ko‘ra, mamlakat tarixida ilk bora 18 yoshga to‘lgan ayollar armiya safida ixtiyoriy ravishda xizmat qilishlari mumkin.

Shuningdek, yangi qonun armiyaga xizmat qilishdan bosh tortgan fuqarolar uch yilgacha qamaladi va 50 qatar rioli (15 ming AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortiladi. Qatarlik erkaklar 18 yoshga to‘lganlaridan keyin ikki oy ichida harbiy xizmatga borishlari lozim.

Bundan tashqari Qatarda harbiy akademiya ham tashkil etiladi. Qatarning rasmiy «Ar Rayi» gazetasining ta’kidlashicha, bunday qonunning qabul qilinishi hozirgi mavjud vaziyatda juda ham dolzarb hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning iyun oyida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatarni terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, u bilan barcha turdagi aloqalarni uzdilar. Dohaga qo‘yilgan talablar orasida, arab dunyosida mashhur «Al Jazira» telekanalini yopish ham bor edi.

Diplomatik inqiroz boshlanganidan buyon Qatar AQSh, Fransiya, Italiya va Buyuk Britaniya bilan bir qator yirik harbiy shartnomalar imzoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring