Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura arzon uy-joylar bilan bog‘liq firibgarliklarni oshkor etdi

Bosh prokuratura arzon uy-joylar bilan bog‘liq firibgarliklarni oshkor etdi

Foto: «Uza.uz»

O‘zbekiston axborot agentligi yangi qurilayotgan uylarni sotib olish jarayonida turli qing‘ir yo‘llardan foydalanilayotgani haqidagi xabarlar haqida Respublika Bosh prokuraturasidan ma’lumot oldi.

— Toshkent shahrida qurilayotgan uy-joylarni taqsimlashda ayrim qonunbuzarliklar uchragani bilan bog‘liq xabarlarda jon bor, — deydi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Gulnoza Rahimova. — Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan qurilayotgan arzon uy-joylarni taqsimlash jarayonini o‘rganishga oid tekshirish o‘tkazildi. Bu jarayonda Shayxontohur, Chilonzor, Uchtepa, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida rasmiy hujjatlarni soxtalashtirish, ya’ni ish joyi va oylik maoshiga oid hujjatlarda yolg‘on ma’lumotlar aks ettirish kabi holatlar aniqlandi.

Jumladan, Shayxontohur, Chilonzar va Yakkasaroy tumanlarida bu borada mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Tegishli komissiyalar mas’ullari uy-joy ajratish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishda zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatli vazifani to‘laqonli bajarmagan. Mirobod tumanida uy-joy ajratish bilan bog‘liq arizalarni ko‘rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga oid qonun normalari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Ayrim shaxslar fuqarolarga arzon ko‘p qavatli uylardan kvartira olib berishni va’da qilib, aldov yo‘li bilan pulini olgan.

Yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring