Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Sergelidagi uylarni shaxsan o‘zi borib ko‘rdi

Prezident Sergelidagi uylarni shaxsan o‘zi borib ko‘rdi

Foto: «President.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanidagi yangi ko‘p qavatli uylar qurilishi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari o‘tgan yil noyabr oyida Sergeli tumanida foydalanishga topshirilgan ko‘p qavatli yangi uy-joylar bilan tanishib, xonadon sohiblari bilan muloqot qilgan edi. Kelajakda quriladigan bu kabi uylarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar bergandi.

Prezident Sergeli tumanidagi yangi qo‘p qavatli uy-joylar qurilishi bilan tanishdi.

Ushbu turar-joylarni joriy yilning sentabr oyida o‘z egalariga topshirish rejalashtirilgan.

— Mamlakatimizda uy-joylar qurilishi hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Shu bois qurilish-pudrat tashkilotlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy bilim va malakaga ega mutaxassislar tayyorlashni kengaytirish zarur, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Sergeli tumanidagi uy-joylar qurilishi
Foto: «President.uz»

Muhandis va quruvchilar bilan muloqotda odamlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratish, maishiy xizmat ob’yektlarini uylarning birinchi qavatiga joylashtirish zarurligi qayd etildi.

Loyihaga asosan 7 va 9 qavatli 120 ta uy qurilishi boshlab yuborilgan. Uylar mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallaridan zamonaviy qilib barpo etilmoqda. Shuningdek, maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, dam olish joylari, poliklinikalar, bolalar maydonchalari, avtomobil turar-joylari va boshqa infratuzilma ob’yektlari qurilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring