Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar

Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi bilan Prezident Administratsiyasining ommaviy axborot vositalari, televideniye va matbuotni rivojlantirish sho‘basiga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi ma’lum qildi.

Jumladan, Salimboy To‘rayevich Ashurov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ommaviy axborot vositalari, televideniye va matbuotni rivojlantirish sho‘basi mudiri etib tayinlangan.

Shuningdek, Bahodir Maxsutovich Yunusov mazkur sho‘baning bosh konsultanti, Elbek Ulug‘bekovich Dolimov esa sho‘’baning yetakchi konsultanti lavozimiga tayinlangan.

Qayd etish lozimki, bunga qadar Salimboy Ashurov Prezident devonida, Bahodir Yunusov Bosh prokuraturaning multimedia markazida, Elbek Dalimov esa Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot kotibi lavozimida ishlab kelishayotgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring