Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiya miqdori oshirildi. Bu o‘zgarishlarga qancha xarajat ketadi?

Pensiya miqdori oshirildi. Bu o‘zgarishlarga qancha xarajat ketadi?

Foto: «Xabar.uz»

Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilingani haqida xabar bergandik.

«Xushnudbek.uz» telegram kanali pensiya tizimidagi bu o‘zgarishlarga qancha xarajat ketishini hisoblab chiqdi.

Respublikada ishlovchi pensionerlar soni 118 ming 736 nafarni tashkil qilar ekan. Shundan:

  • 35 ming – real sektorda;
  • 22 ming – ta’lim sohasida;
  • 20 ming – sog‘liqni saqlash sohasida.

Pensiya jamg‘armasi bergan ma’lumotga ko‘ra, ishlovchi pensionerlarning 40 ming nafari pensiyasini to‘liq oladi, 78 ming nafardan ortig‘i esa (66 foiz) pensiyalarining faqat yarmini, ya’ni 50 foizini olishmoqda.

Agar ishlovchi pensionerlarga o‘rtacha 400 ming so‘m pensiya tayinlangan deb tasavvur qilsak (balki undan ko‘p yoki kamdir), Prezident Farmoni asosida 2019 yil 1 yanvardan boshlab ularga 100 foiz pensiya to‘lanishi hisobiga har oyda qo‘shimcha 15 mlrd 600 mln so‘m xarajat ketarkan.

Bundan tashqari pensiya hisoblashda ish haqining maksimal miqdori EKIH 8 baravardan, 10 baravarga oshgani uchun qayta hisob-kitob natijasida 533 mingdan ko‘proq pensionerlarning pensiyasi o‘rtacha 65 ming so‘mdan 265 ming so‘mgacha oshadi.

Umuman olganda ushbu Farmonni bajarish uchun 2019-yilda jami 1,8 trln so‘m miqdorida mablag‘ talab etilar ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring