Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik merganlar Turkiyada rekord natijalarni qayd etishdi

O‘zbekistonlik merganlar Turkiyada rekord natijalarni qayd etishdi

Turkiyada «Eng ilg‘or mergan» musobaqasi o‘tkazildi. 13 davlatning 40 dan ortiq jamoalari ishtirokidagi bellashuvda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining merganlar jamoasi sovrindor bo‘ldi.

Turkiyaning Isparta shahridagi «Komando» tog‘ o‘quv mashqlar markazida o‘tkazigan musobaqada Ispaniya, Pokiston, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari singari o‘ndan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi. Bellashuvlarda O‘zbekiston Mudofaa vazirligining ikki jamoasi mamlakatimiz sharafini himoya qildi. Musobaqa ishtirokchilari 5 ta guruhga bo‘linib, bir-biridan murakkab 14 ta shart bo‘yicha bahs olib bordi.

Xususan, uzoq masofadan nishonlarni izlab topish va yakson qilish shartida merganlar 2 ming metr masofada joylashgan shartli dushman guruhi orasidan asosiy nishonni aniqlab topishi va birinchi urinishda uni yakson etishi lozim bo‘ldi. Vazifa – murakkab. Habiylarimiz nishonni muddatidan oldin yakson etib, nimalarga qodir ekanliklarini amalda isbotladi.

Yurtimiz vakillari «Tog‘ tepasidan qiyalikka qarab jang olib borish», «Zararlangan hududda gazniqob taqib, nishonlarni mo‘ljalga olish» shartlarida barcha jamoalarni ortda qoldirib, rekord natijalarni qayd etdi.

Qariyib 10 kun davom etgan bellashuvlarda xorijiy davlat armiyalarining 42 ta jamoasi ichida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shohsupaning birinchi va uchinchi o‘rinlari mezbon davlat vakillariga nasib etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring