Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Rossiyadan «Tigr» zirhli avtomobillarini sotib oldi

O‘zbekiston Rossiyadan «Tigr» zirhli avtomobillarini sotib oldi

Foto: TASS

O‘zbekiston Qurolli kuchlari Rossiyadan ko‘p maqsadli «Tigr» zirhli avtomobillarini sotib oldi. Bu haqda «Armiya-2019» harbiy texnikalar forumida ma’lum qilingan.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston «bir necha o‘n» VPK-233136 «Tigr» zirhli avtomobillarini sotib olgan. Avtomobillar O‘zbekiston maxsus kuchlari talablariga mos qilib yig‘ilgan. Xususan, zirhli korpusda qo‘shimcha eshiklar ochilgan, barcha oynalarga himoya panjaralari o‘rnatilgan, tomda esa infraqizil nur beruvchi projektor bor.

Shuningdek o‘q otuvchi askarni old va orqa tirqishlardan himoyalovchi yig‘iladigan zirh ham ko‘zda tutilgan. «Tigr» zirhli avtomobiliga 7,62 mm kalibrdagi pulemyot o‘rnatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring