Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning o‘z sun’iy yo‘ldoshi bo‘ladi. Faqat qachon?

O‘zbekistonning o‘z sun’iy yo‘ldoshi bo‘ladi. Faqat qachon?

Foto: «unsplash.com»

Bugun, 25-yanvar kuni Xalqaro press-klubda «Davlat dasturi-2018»: Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekistonni rivojlantirishning yangi bosqichi» mavzusida navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur sessiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining muxbiri ham ishtirok etdi. Muxbirimizning xabar berishicha, yaqinda O‘zbekiston o‘z sun’iy yo‘ldoshini uchiradi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qilgan.

Tadbirda O‘zbekiston qachondan o‘z sun’iy yo‘ldoshiga ega bo‘lishi, bu borada kimlar bilan muzokaralar olib borilayotganiga oydinlik kiritilmagan. Shuningdek, vazirning qayd etishicha, O‘zbekistonda Aerokosmik tadqiqotlar instituti ham ochiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring