Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston majburiy tibbiy sug‘urta bo‘yicha Janubiy Koreya bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston majburiy tibbiy sug‘urta bo‘yicha Janubiy Koreya bilan hamkorlik qiladi

Foto:Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov Korea Respublikasi Milliy tibbiy sug‘urta xizmati prezidenti Kim Yeng Ik boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi, deya xabar bkrmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Alisher Shadmanov O‘zbekistonda 2025-yilgacha sohani rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya loyihasida ko‘plab yo‘nalishlar, jumladan, tibbiy sug‘urta sohasiga ham alohida urg‘u berilayotganini ta’kidladi. 2021-yildan boshlab yurtimizda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, bunda ko‘plab rivojlangan davlatlar qatori, Koreya Respublikasining tibbiy sug‘urta tizimini chuqur o‘rgangan holda, bu boradagi ijobiy tajribalarni yurtimizda ham tatbiq etishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

Foto:Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Koreya Respublikasi milliy tibbiy sug‘urta tizimi va tibbiyotning rivojlanishi bo‘yicha dunyo miqyosida 4-o‘rinda turadi. 40 yillik tajribaga ega mamlakat tibbiy sug‘urta tizimi halqaro tamoyillar asosida izchil takomillashib bormoqda. Shu sababdan u xalqaro talablarga to‘liq javob beradi va aholining barcha qatlamlari manfaatlarini himoya qiladi. 

Muloqot asnosida Koreya Respublikasining tibbiy sug‘urta tizimini bevosita o‘rganish va yutuqlarini mamlakatimizda tatbiq etish sog‘liqni saqlash tizimining takomillashuviga va aholi salomatligini samarali muhofaza qilish tizimini yaratishga xizmat qilishi e’tirof etildi.

Uchrashuv so‘nggida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Korea Respublikasi Milliy tibbiy sug‘urta xizmati o‘rtasida yurtimizda tibbiy sug‘urta tizimini joriy qilishda o‘zaro hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Delegatsiyaning yurtimizga tashrifi davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring