Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston havo yo‘llari koronavirus tufayli Tokio va Rimga qatnovni to‘xtatdi

O‘zbekiston havo yo‘llari koronavirus tufayli Tokio va Rimga qatnovni to‘xtatdi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020 yilning 1 martidan boshlab Yaponiya va Italiyada koronavirus avj olishi va O‘zbekiston hududida virus tarqalishining oldini olish maqsadida Tokio va Rimga bo‘lgan ikkala yo‘nalishdagi qatnovlar vaqtincha to‘xtatilishi haqida xabar.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aviakompaniyaning barcha reyslarida yuqori xavfsizlik choralari joriy etilgani, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tuvchi shaxslar sanitariya-karantin tadbirlari va tibbiy-sanitariya nazoratlaridan o‘tkazilayotganligi haqida eslatib qo‘ymoqdamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring