Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida avia qatnovlar to‘g‘risida bitim kuchga kirmoqda

O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida avia qatnovlar to‘g‘risida bitim kuchga kirmoqda

Foto: «Google.com»

2019-yilning 1-maydan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Fransiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2016-yil 20-iyul kuni Toshkent shahrida imzolangan Avia qatnovlar to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirmoqda. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Bitim ikki davlatning belgilangan avia tashkilotlari o‘rtasidagi xalqaro havo qatnovlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish masalalarini tartibga soladi.

Hujjat qoidalariga ko‘ra har bir tomonning belgilangan avia tashkilotlari ikkinchi davlat hududida kelishilgan punktlarda qo‘nishni amalga oshirish va ularning hududlaridan qo‘nmasdan uchib o‘tish uchun tegishli huquqlardan foydalanadi.

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi havo qatnovlarini rivojlantirish maqsadida Bitimda avia tashkilotlarga doimiy qatnovlarni amalga oshirishni ta’minlovchi va bojxona yig‘imlari, soliq va boshqa to‘lovlardan ozod etuvchi imtiyozlar o‘zarolik asosida taqdim qilish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari Bitimda aviatsiya sohasidagi xavfsizlik va ikki mamlakat aviatsiya tashkilotlari o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bahslarni hal etish me’yorlari hamda o‘zaro hamkorlik qilishning boshqa shartlari belgilab qo‘yilgan.

Mazkur Bitim ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga ijobiy turtki beradi, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish uchun yangi istiqbollarni ochadi va o‘zaro manfaatli aviatashuvlar bozorini shakllantirishga ko‘maklashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring