Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozarbayjonlik ayol O‘zbekistondagi qarindoshlarini izlayapti

Ozarbayjonlik ayol O‘zbekistondagi qarindoshlarini izlayapti

Foto: «Feysbuk» / Abror Masharipov

«Feysbuk»dagi «Maslahat.uz» guruhi a’zolaridan biri Abror Masharipov ozarbayjonlik ayolning iltimosini yozib qoldirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ozarbayjonda istiqomat qiluvchi Peri Qurbonova Namangan viloyatidagi qarindoshlarini axtarmoqda. Qarindoshlari Namangan viloyatining Mingbuloq tumanidagi «Gulbog‘» sovxozida (hozirda MFY yoki QFY bo‘lishi mumkin) istiqomat qiladi. Tog‘asining ismi — Shokir Dovudov. Buvisi (onasining onasi) — Zulayho Dovudova. Onasi Zulfiya Dovudova 1992-yil, qizi Peri 6 yoshda paytida olamdan o‘tgan.

Peri qarindoshlari topilishi bilanoq O‘zbekistonga kelmoqchi ekan. U qarindoshlari haqida ma’lumotga ega yurtdoshlarimizdan bu haqda ma’lumot berishlarini so‘ragan. U o‘zning ushbu iltimosiga ikki surat ham ilova qilgan.

Shu o‘rinda o‘quvchilarimizdan nomlari va suratlari keltirilgan ushbu yurtdoshlarimizni tanigan va bilganlar bo‘lsa tahririyatga yoki Abror Masharipovga xabar berishlarini so‘raymiz.

Foto: «Feysbuk» / Abror Masharipov

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring