Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Onkologiyaning 50 turini aniqlovchi test o‘ylab topildi

Onkologiyaning 50 turini aniqlovchi test o‘ylab topildi

Foto: «Medikforum.ru»

Buyuk Britaniyada olimlar saratonni alomatlar paydo bo‘lishidan ancha oldin aniqlaydigan test yaratdilar. Bu haqda aif.ru portali yozmoqda.

Test saratonning 50 turiga nisbatan samarali. Shifokorlar bu texnologiya onkologiya diagnostikasida chinakam inqilob yasashiga ishonishmoqda. Qon tahlili asosida o‘tkaziluvchi test kasallikni boshlanish bosqichidayoq aniqlashi mumkin.

Bugungi kunda onkologiya biopsiya yordamida aniqlanadi. Ammo bu tekshiruv odatda o‘simta belgilari mavjud bo‘lganda buyuriladi.

Yangi usul allaqachon «suyuq biopsiya» nomini olgan. U qondagi saraton hujayralarining DNK fragmentlarini aniqlashga asoslanadi. Odatda bunday fragmentlar o‘simta paydo bo‘lganda va qon tomirlari bilan o‘sgan paytda, lekin KT, ultratovush va MRTda hali ko‘rinmaganda aniqlanadi.

Yangi diagnostika tizimini 40 ming ko‘ngilli sinovdan o‘tkazmoqda. Fokus-guruh ishtirokchilarining yoshi 50 dan 77 yoshgacha. Agar test samarali ekanligi isbotlansa, u ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring