Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Omad qushi» lotereyasining navbatdagi g‘oliblariga «Spark» topshirildi (foto)

«Omad qushi» lotereyasining navbatdagi g‘oliblariga «Spark» topshirildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Xalq banki tomonidan pul va pul-buyum, avtomobil va boshqa turdagi yutuqli lotereyalari o‘tkazib kelinmoqda.

Ulardan biri «Omad qushi» lahzali lotereyasi (2-chiqarilishi) bo‘lib, uning navbatdagi g‘oliblariga «Spark» rusumidagi avtomobillar topshirildi.

Ular — Toshkent viloyati Angren tumanida istiqomat qiluvchi hamyurtimiz Abdurahimov Sirojiddin Aqliddin o‘g‘li hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida istiqomat qiluvchi Dushchanov Iskander Jalgasbayevichdir.

Ma’lumot o‘rnida, Xalq banki tomonidan 6 turdagi lotereyalar tashkil etilgan bo‘lib, 2019 yili 74 mlrd. so‘mdan ziyod miqdoridagi pul va buyum yutuqlari, shu jumladan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 10 dan ortiq avtomobillar ham o‘z egalariga topshirilgan.

Lotereya yutuq sohiblari o‘z yutuqlarini oilasi farovonligi uchun foydalanganidan mamnunmiz.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring