Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sudning sudyalari saylandi

Oliy sudning sudyalari saylandi

Foto: Senat axborot xizmati

Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibiga o‘zgartishlar kiritish masalasini ham ko‘rib chiqdilar. Bu masala bo‘yicha Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Bobir Norboboyevich Islamov o‘n yil muddatga; Abdurasul G‘apporovich Eranov muddatsiz davrga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.

Saylaubay Amanbayevich Mambetkadirov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring