Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ohangaronlik homilador ayol tug‘uruqxonada vafot etdi

Ohangaronlik homilador ayol tug‘uruqxonada vafot etdi

Illyustrativ foto

Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida homilador ayol qornidagi homilasi bilan vafot etgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Bosh prokuratura matbuot xizmati holatga munosabat bildirdi.

Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lum qilishicha, 2024-yilning 3-aprel kuni soat 02:45 da 1992-yil Ohangaron shahrida tug‘ilgan X.A. qorin va beldagi og‘riq bilan Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limiga «Homiladorlik 4, 39 hafta tug‘uruq 3. Tug‘uruqning 1 davri, latent fazasi. Semizlik 3 daraja» tashxisi bilan qabul qilingan. Bemor shifokorlar nazorati ostida bo‘lgan.

4 aprel kuni soat 14:10 da ayolning to‘satdan ahvoli og‘irlashib, havo yetishmasligi va yurak sohasida og‘riq bilan nafas olishi qiyinlashgan. Shundan so‘ng zudlik bilan reanimatolog chaqirtirilib, bemorda zarur reanimatsion choralar amalga oshirilgan.

Shunga qaramasdan, soat 14:35 da ayolda biologik o‘lim holati kuzatilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, bemorning o‘limiga yurak ishemik kasalligi, o‘tkir koronar yetishmovchiligi, yurak mushaklarining gipertrofiyasi va o‘tkir miokard infarkti sabab bo‘lgan.

Asorati: O‘tkir yurak va nafas yetishmovchiligi. O‘pka shishi. Bosh miya shishi.

Yondosh: Homiladorlik 4, tug‘uruq 3,  homiladorlik 39-40 hafta.  Bachadon shilliq qavatlariga qon quyilishi. Semizlik 3 daraja.  Splenomegaliya. O‘tkir jigar gepatozi. Bachadonda jinsi erkak homila. Homila ichi asfiksiyasi.  Homila antenatal o‘limi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

«Tekshirish harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring