Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Toshkent shahri prokurori ishdan ketdi

OAV: Toshkent shahri prokurori ishdan ketdi

Foto:«Xabar.uz»

Xabarning audio talqini

Toshkent shahar prokurori Sherzod Obloqulov lavozimini tark etgan. Bu haqda «Kun.uz» xabar berdi.

«Ayni vaqtda uning ishdan ketish sababi ma’lum emas. Shuningdek, uning o‘rniga kim tayinlangani haqida ham ma’lumot yo‘q» deyiladi xabarda.

Adliya katta maslahatchisi Sherzod Obloqulov turli yillarda Bosh prokuraturada prokuror va boshqarma katta prokurori (2007−2011-yillar), Navoiy viloyatining Xatirchi tumani prokurori (2011−2013), Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari (2013−2016) va Sirdaryo viloyati prokurori (2016−2017) lavozimlarida ishlagan.

U O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2017-yil 12-iyundagi buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan Toshkent shahar prokurori lavozimiga 5 yil muddatga tayinlangan va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlangandi.

Eslatib o‘tamiz, sobiq bosh prokuror Otabek Murodovning lavozimdan chetlatilishi ortidan, Bosh prokuraturadagi rahbarlik lavozimlarida o‘zgarishlar bo‘ldi.

Shuningdek, avvalgi matubot kotibi Surayyo Rahmonova o‘rniga Hayot Shamsuddinov ushbu lavozimga tayinlandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring