Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV – erkin fikr va muloqot yuritish uchun makon

OAV – erkin fikr va muloqot yuritish uchun makon

Foto:«Uz.utro.news»

Xalq bilan samimiy va ochiq muloqot o‘rnatish, aholini qiziqtiradigan masalalarni o‘z vaqtida hal etish, jamiyatning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish kabi amalga oshirilayotgan ezgu ishlar matbuot xodimlari oldida yangi vazifalar ochib bermoqda.

Respublika ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganilishi va qonuniy hal etilishi hamda ularni tizimli ravishda tahlil etib, ushbu yo‘nalishdagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan bir qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida, 2019-yilning besh oyi mobaynida ichki ishlar organlariga 70.623 ta, shu jumladan, Prezident virtual kabulxonasidan 3743 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 41.538 tasi, yoki 37,4 foizi qanoatlantirilib, 6.877 nafar shaxsning huquqlari tiklandi. Ushbu murojaatlarning 45.581 tasi bo‘yicha malakali huqukiy tushuntirish berilgan, 3939 tasi qonuniy asoslarga ko‘ra rad etilgan.

Aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish maqsadida Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan joriy yilning 5 oyi davomida Respublikaning barcha xududlarida jami 116 marotaba shaxsiy va sayyor qabullar o‘tkazildi. Qabullar davomida jami 5578 ta turli mazmundagi murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 2083 tasi ijobiy xal etildi, 2017 tasi bo‘yicha malakali xukukiy tushuntirish berildi, 159 tasi qonuniy asoslarga ko‘ra rad qilindi, 1027 tasi tegishliligi yuzasidan boshqa idoralarga yuborildi, 292 ta murojaatlar hozir o‘rganilmokda.

Joriy yilning yanvar-may oylari davomida Ichki ishlar vaziri tomonidan shaxsiy hamda sayyor qabullari Toshkent shahar, Toshkent va Buxoro viloyatlarida o‘tkazildi.

O‘tkazilgan qabullar jarayonida mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etishga hamda qayta-qayta murojaat qilayotgan fuqarolar muammolari alohida nazoratga olinib, qabullarning natijadorligi va fuqarolarning roziligiga erishish, aholini ichki ishlar organlariga bo‘lgan ishonchini yanada kuchaytirish, murojaatlarni xolis va qonuniy hal etishga alohida e’tibor qaratildi.

Sayyor qabul davomida jami 652 ta turli mazmundagi murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 279 tasi ijobiy hal qilindi, 340 tasigamalakali huqukiy tushuntirishlar berildi, 3 tasi qonuniy asoslarga ko‘ra rad qilindi hamda 30 tasi tegishliligi yuzasidan boshqa idoralarga yuborildi.

Giyohvandlik asr vabosi bo‘lganligi tufayli mamlakatimizda unga qarshi faol kurash olib borilmoqda. O‘tgan 5 oy mobaynida 1069 ta giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar fosh qilinib, ularni qonun asosida hal qilinishi ta’minlanmoqda.

Respublikamizda har yili ikki (bosqichda) etapda “Qoradori” tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning birinchi (bosqichi) etapi hozirda ya’ni 1 maydan 30 iyunga qadar o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbirga 9 mingdan ortiq ichki ishlar organlari xodimlari, 3 635 nafar jamoatchilik vakillari, texnik vositalar va vertolyot ham jalb qilingan.

Vazirlik tizimida xalqaro hamkorlik ham keng yo‘lga qo‘yilgan, ya’niIchki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi diplomatik aloqa o‘rnatgan barcha davlatlar IIV bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

O‘tgan 5 oy mobaynida MDH davlatlari hamda Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur, Hindiston, Pokiston, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Isroil, AQSh, Germaniya, Fransiya, Angliya, Italiya, Vengriya, Norvegiya va boshqa davlatlar IIV bilan hamkorligimizni mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan tadbirlar amalga oshirildi. 200 dan ortiq konferensiya, seminar, trening, xorijiy hamkorlar ishtirokida o‘tkazilib, mazkur anjumanlarda 780 nafar xodimlarimiz qatnashdi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda turistik salohiyatni yuksaltirish, turistik oqimini ko‘paytirish, shuningdek, ularga qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.

Mamlakatimizda turizm sohasining rivojlanishi va xorijiy davlatlardan tashrif buyurayotgan sayyohlar sonining ortishi ko‘p jihatdan fuqarolarning osoyishtaligini saqlash, xavfsizligini ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish sifatiga bog‘likdir. 2017-yil 23-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining 939-son qaroriga muvofik, turistlar oqimi yuqori bo‘lgan Buxoro, Samarqand, Xiva va Shaxrisabz shaharlarida 2018 yil 1 yanvar kunidan boshlab xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalari turistlarga nisbatan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish va xuquqbuzarliklar profilaktikasi hamda aholining madaniyati va mehmondo‘stlik fazilatlarini yuksaltirish maqsadida xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan 2.709 marotaba profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan. Xususan:

-ommaviy axborot vositalarida turistlar xavfsizligiga oid masalalar yuzasidan 156 ta chiqish qilinib, ularning 27 tasi gazeta va jurnallarda, 16 tasi radio orqali, 54 tasi televideniye va 59 tasi Internet tarmoqlarida yoritilgan: fuqarolar bilan 306 marta uchrashuv o‘tkazilgan; turizm namoyishi ob’yektlari va ularga tutash xududlarda yashovchi xuquqbuzarlik sodir etishga moyil hamda profilaktik hisobda turgan 2240 dan ortik shaxslar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Turistlarga ko‘shimcha qulayliklar yaratish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish masalalari yuzasidan tegishli davlat organlari va tashkilotlarga 105 ta taklif va taqdimnomalar kiritilgan, ularning 18 tasi ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlariga, 42 tasi mahalliy hokimiyat organlariga, 45 tasi boshqa davlat organ va tashkilotlarga yuborilgan.

Ta’kidlab o‘tish joizki, xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tashkil etilgan xududlarda turistlar tomonidan yoki ularga nisbatan birorta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Shu o‘rinda eng muhim bo‘lgan birgina omilni misol qilsak, ya’ni ilgari jinoyatni sodir etgan fuqaro belgilangan tartibda jazoga tortilgan bo‘lsa, endilikda jinoyatchilikniboshlang‘ich davrida uni oldini olish hamda bartaraf qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kundadavlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan eng ustivor vazifalardan biri ham fuqarolarimiz tomonidan ro‘y beriladigan jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik bilan bog‘liqdir. Bu vazifa nafaqat Ichki ishlar vazirligi, balki barcha huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar Strategiyasi davlat va jamiyatni har tomonlama va jadal rivojlantirish, mamlakatni modernizatsiya qilishning yangi istiqbollarini belgilab berdi.

Ushbu hujjatda belgilangan vazifalar asosida jamiyatda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning kasbiy faoliyatlarini himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, fuqarolarning qonuniy manfaatlari to‘g‘risida axborot berishning zamonaviy shakllarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Jurnalistik materiallarni tanqidiy tahlil qilish, media-mahsulotlar sifatini yanada yaxshilash asosida tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni OAV faoliyatiga joriy etish, xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashllab-asbiy mahoratini oshirish, ga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni OAV faoliyatiga joriy etish, axborot berishning zamonaviy shakllarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Agar IIV va uning xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlarni birma-bir aytib o‘tadigan bo‘lsak, ular haqida har kuni ommaviy axborot vositalari axborotlarida, internet xabarlarida, turli internet tarmoq va kanallarida xabarlar tarqatiladi, ommaga yetkaziladi. Bunda, albatta, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi faoliyati alohida o‘rin tutadi. Boshqarma tashkil topgan dastlabki kunlardanoq mamlakatimizda ro‘y berayotgan hodisalar, keng miqyosda o‘tkazilayotgan tadbirlar IIV tasarrufidagi www.iiv.uz saytida yoritib kelmoqda.

Endi bir eslab ko‘raylik, ilgari yurtimizda ro‘y bergan u yoki bu hodisa haqida umuman hech qanday ma’lumotga ega emas edik. Faqatgina, xalq orasidagi “mish-mish”larga tayanib yurardik.

Hozirda ro‘y berayotgan hodisalar, ularxoh, yo‘l-transport hodisasi, xoh o‘g‘rilik yoki bezorilik bo‘lsin, bo‘lib o‘tgan voqea tafsilotlari IIV saytida batafsil yoritib kelinmoqda.

Albatta, O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan elektron saytlar ham ushbu ma’lumotlarni xalq va keng jamoatchilikka yetkazib bermoqda.

Hali oldinda qilinadigan ishlar talaygina. Savol va muammolar ham yetarlicha. Lekin shunga qaramay, IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xodimlari, “shanba-yakshanba, dam olish kunlari” demasdan mehnat qilib mamlakatimizni jahonda o‘z nufuzini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shib kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring