Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OAVni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati qisqartirildi

OAVni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati qisqartirildi

Joriy yil 7-fevral kuni qabul qilingan O‘RQ-905-son qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, OAVni ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi arizani ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ko‘rib chiqish muddati 15 kundan 10 kunga kamaytirildi.

Shuningdek, fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqqanlik yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji, yig‘imlar yoki boshqa to‘lovlar to‘langanligi haqidagi to‘lov hujjatlarining ko‘chirma nusxalarini taqdim etish to‘g‘risidagi talab bekor qilindi.

«Advokatura to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, advokatga guvohnoma berish muddati 2 ish kuni etib belgilandi (ilgari 3 ish kuni edi).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring